SHHT sammiti mehmonlariga zaruriy tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun “1303” qisqa raqamli Sall-markaz xorijiy tillarda xizmat koʻrsatadi — SSV

15:24 13 Sentyabr 2022 Jamiyat
429 0

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida mamlakatimizga tashrif buyuradigan chet ellik rasmiy delegatsiya vakillari va mehmonlarga zarur holatlarda sifatli tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Samarqand shahrida tunu kun faoliyat koʻrsatuvchi “1303” qisqa raqamli Sall-markaz faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Bu yerda mutaxassislar tomonidan ingliz, rus va xitoy kabi xorijiy tillarda tibbiy murojaatlar qabul qilinadi.

Shuningdek, zarurat tugʻilganda, tarkibida deyarli barcha ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar jamlangan 50 ta tibbiy brigada SHHT sammiti delegatsiyalari aʼzolariga xizmat koʻrsatish uchun shay holatga keltirilgan.

Bundan tashqari, har bir delegatsiya vakillaridan Samarqand shahridagi mehmonxonalarga joylashishidan oldin koronavirusga qarshi PZR testlari olinadi.

Shu maqsadda sammit ishtirokchilari va mehmonlar joylashadigan mehmonxonalarning har birida tibbiy mobil guruhlar tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?