SHHT mamlakatlarining taraqqiyot va ravnaq sari mushtarak intilishlari ramzi

22:39 15 Sentyabr 2022 Siyosat
693 0

Foto: president.uz

Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti davom etmoqda. Avval xabar qilinganidek, SHHTda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarning yetakchilari Oʻzbekistonga keldi.

Ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida daraxtlar ekdi.

Sharq xalqlari qadriyatiga koʻra, daraxt ekish – xayrli ish. Mamlakatlarimiz yetakchilari birgalikda ekkan daraxtlar ham SHHT mamlakatlarining doʻstligi, yaxshi qoʻshnichiligi, taraqqiyot va ravnaq sari mushtarak intilishlari ramzidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер