SHHT mamlakatlarining aql markazlari 2022-yil yakunlarini sarhisob qildi

22:42 27 Sentyabr 2022 Siyosat
529 0

Foto: Arxiv surat

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) mamlakatlari tahliliy iqtisodiy markazlari Konsorsiumi Xitoy tomoni raisligida videokonferensiya formatida joriy yilgi yakuniy yigʻilishini oʻtkazdi.

Konsorsiumdan maqsad SHHTga aʼzo mamlakatlarning tahliliy iqtisodiy markazlari salohiyatini birlashtirib, tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish va mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti oʻz taqdimotida Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijalari, shuningdek, SHHT mamlakatlari oʻrtasida bu boradagi hamkorligini mustahkamlash boʻyicha takliflarni taqdim etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?