SHHT Kotibiyatida Oʻzbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga bagʻishlangan brifing oʻtkazildi

Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatida mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlarga bagʻishlangan brifing uyushtirildi.
Tadbirda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi masʼullari, SHHT Kotibiyati rahbariyati, SHHT davlatlari elchilari va diplomatlari, hamda aʼzo davlatlarning doimiy vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga Oʻzbekistonda konstitutsiyaviy islohot, oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilayotgan Konstitutsiya toʻgʻrisida batafsil axborot berildi.
Konstitutsiyaviy islohotda dunyoning deyarli barcha mamlakatlari, xususan SHHT davlatlari konstitutsiyalari atroflicha oʻrganilgani qayd etildi.
Mazkur jarayonda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash – davlatning oliy majburiyati sifatida muhrlab qoʻyilishi, loyihada “Inson-Jamiyat-Davlat” tamoyili bosh mezonga aylanib, inson huquqlari borasidagi normalar 3,5 baravarga, davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshganligi, Oʻzbekiston ijtimoiy davlat degan tamoyil konstitutsiyaviy tarzda belgilanayotganiga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar va taʼlimni, gender tenglikni, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, erkin axborot olish, ijtimoiy himoya va ekologik huquqlarni, sud tizimlari erkinligi va mustaqilligini taʼminlash, Parlament vakolatlarini yanada kuchaytirish borasidagi yangi oʻzgarishlar alohida qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring