SHHT davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari Toshkentda uchrashadi

13:00 17 Avgust 2022 Siyosat
455 0

Foto: Arxiv surat

Joriy yilning 19-avgust kuni Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 17-yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Tadbir Oʻzbekistonning SHHTga raisligi doirasida oʻtkazilib, Samarqandda boʻlib oʻtadigan Davlat rahbarlari kengashiga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.

Yigʻilishda SHHTga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari, shuningdek, SHHT MATT Kotibiyati va Ijroiya qoʻmitasi vakillari ishtirok etadi.

Kun tartibiga muvofiq xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, jumladan, terrorizm, ekstremizm, qurol va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, shuningdek, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari koʻrib chiqiladi.

Tadbir doirasida hamkor davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan. SHHTga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yigʻilishlari 2004-yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda va koʻp tomonlama hamkorlikning muvofiqlashtiruvchi va maslahat mexanizmi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер