Sherzod Shermatov Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Charlotte Adriaen bilan uchrashdi

20:13 25 Yanvar 2023 Siyosat
382 0

Bugun, 25-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Charlotte Adriaen bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda aholi uchun raqamlashtirish sohasidagi qulayliklarni yanada takomillashtirish maqsadida elektron hukumat yoʻnalishida hamkorlik qilish, IT-taʼlim yoʻnalishida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish va Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasida raqamlashtirish boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida yoshlarning AKT sohasiga boʻlgan qiziqishini oshirish, raqamlashtirish yoʻnalishiga ayollarni kengroq jalb qilish, ular uchun munosib sharoitlar yaratish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish va bu orqali xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish, IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan taʼminlash maqsad qilingani taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?