Sheroboddagi 41-sonli manzil-koloniyada yangi loyiha amalga oshirilmoqda

13:07 04 May 2021 Jamiyat
145 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Kadirxanova Surxondaryo viloyatiga safari davomida Sherobod tumanida joylashgan 41-sonli manzil-koloniyada boʻlib, “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi loyihasi asosida tashkil etilgan kurslar faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur manzil-koloniyada xotin-qizlar muddatini oʻtab boʻlganlaridan soʻng jamiyat hayotiga toʻla moslashib ketishlarini taʼminlash maqsadida “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi tomonidan hunar oʻrgatish kurslari tashkil etilgan.

Safar davomida manzil-koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan xotin-qizlar bilan suhbat oʻtkazildi.

Tikuvchilik, ayollar sartaroshligi boʻyicha hunar oʻrganayotgan xotin-qizlar bilan muloqot chogʻida ular bugungi kunda yaratilgan sharoitlardan minnatdor ekanliklarini, qilgan qilmishlaridan chin dildan pushaymon ekanliklarini, ozodlikka chiqqanidan soʻng qaytib bunday jinoyatlarga qoʻl urmasliklarini bildirib, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishga va halol hamda pok yashashga vaʼda berdilar.

Yana bir muhim jihat. Hunar oʻrgatayotgan ayollar ham shu manzil-koloniyada oʻz muddatini oʻtayotgan ayollar orasidan tanlab olingan boʻlib, ular shogirdlariga bor mahoratlarini astoydil oʻrgatmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?