Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi chop etildi

12:15 09 Sentyabr 2021 Jamiyat
1767 0

"Ayni vaqtda el-yurtimiz bizdan yangi reja va dasturlarni amalga oshirishni kutmoqda. Xalqimizning ana shunday ishonchi va orzu-niyatlari, ezgu umidlarini roʻyobga chiqarish maqsadida:

▫️yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash; fuqarolar va millatlar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash; xalqimizning maʼnaviy dunyosini yanada yuksaltirish;

▫️Oʻzbekistonda yashayotgan, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir vatandoshimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya etish, kafolatli daromad manbai, tibbiy xizmatlar va uy-joy, sifatli taʼlim bilan taʼminlash;

▫️kambagʻallikni qisqartirish va ehtiyojmand aholini ijtimoiy muhofaza qilish;

▫️mamlakatimizning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini oshirishga qaratilgan Yangi Oʻzbekiston strategiyasini ishlab chiqdik.

Bugun sizlarga taqdim etilgan shu nomli kitobda ushbu Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari haqida batafsil fikr yuritilgan" deyiladi kitobning kirish qismida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?