Shavkat Mirziyoyevning Paralimpiya ishtirokchilari, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boshlandi
Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.
“Siz, aziz sportchilar Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan 17-yozgi Paralimpiya oʻyinlarida rekord natijalarga erishib, mamlakatimizga mana shunday bayram ruhini olib keldingiz.
Barchangizni olamshumul yutuq va natijalaringiz bilan oʻz nomimdan, el-yurtimiz nomidan chin yurakdan samimiy tabriklayman”, — dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.
Ushbu xalqaro sport anjumanida dunyoning 168 ta davlatidan 4 ming 400 ga yaqin eng kuchli va mahoratli sportchilar ishtirok etgani uning nufuzi va miqyosi naqadar ulkan ekanidan dalolat beradi.
“Shu maʼnoda, Paralimpiya oʻyinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi, desak, toʻgʻri boʻladi.
Siz, azm-u shijoatli farzandlarimiz gʻoyat keskin bellashuvlarda yuksak marralarni egallab, musobaqalarning haqiqiy qahramonlariga aylandingiz”, — dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring