Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde bilan uchrashuv oʻtkazmoqda

17:40 30 Sentyabr 2022 Siyosat
645 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Oʻzaro hamkorlik oʻrnatilganidan buyon oʻtgan 30 yilda ustuvor tarmoqlardagi loyihalar portfeli 8 milliard dollardan oshdi.

Bugungi muzokaralar kun tartibidan ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut koʻmagida ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ilgari surish masalalari oʻrin olgan.

Alohida eʼtibor qishloq joylarda turmush darajasini yaxshilash, davlat korxonalarini xususiylashtirishni jadallashtirish, qishloq xoʻjaligini transformatsiya qilish, ijtimoiy sohani modernizatsiyalash, iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va boshqa jihatlarga qaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?