Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Imperatori bilan uchrashdi

10:33 20 Dekabr 2019 Siyosat
2460 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito bilan uchrashdi.

Imperator oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, ushbu tashrif Oʻzbekiston-Yaponiya doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim voqea boʻlgani, ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqanini qayd etdi.

 

Davlatimiz rahbari Imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, “Reyva“ deb nomlangan yangi davrda Yaponiya uygʻun rivojlanishda davom etishi, mamlakat nufuzi va aholi farovonligi yanada oshishini taʼkidladi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva tashrifi sharafiga Yaponiya Imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako xonim tomonidan qabul marosimi oʻtkazildi. Shuningdek, ular birgalikda suratga tushdilar.

 

 


Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер