Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qoʻyish marosimida nutq soʻzlamoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qoʻyish marosimida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Maʼlumki, bugungi kunda poytaxtimizda yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 millionni tashkil qiladi. Yaqin yillarda bu koʻrsatkich yana koʻpayishi kutilmoqda.
Bugungi kunning oʻzida shaharda yiliga 20 mingdan ziyod kvartirali koʻp qavatli uylar, 40 dan ortiq maktab, bogʻcha, poliklinika qurishga talab bor.
Shuning uchun poytaxtimizning barqaror rivojlanishini oʻylab, kamida 15-20 yil oldin rejalarimizni aniq belgilab olishimiz zarur, dedi davlatimiz rahbari.
Shularni inobatga olib, Buyuk Britaniya, Singapur, Xitoy va Turkiyalik mutaxassislar bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan Bosh rejasi loyihasi ishlab chiqildi.
Jumladan, Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqichma-bosqich kengaytirib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oraligʻida “Yangi Toshkent” loyihasini amalga oshirish maqsad qilib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring