Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko telefon orqali muloqot qildi

30-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Suhbat avvalida Belarus yetakchisi Oʻzbekiston Prezidenti va koʻp millatli xalqini yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Davlatimiz rahbari, oʻz navbatida, Belarus Prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Koʻp qirrali Oʻzbekiston-Belarus hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari yuqori surʼat bilan ortib borayotgani, ikki mamlakat yetakchi korxona va kompaniyalari, taʼlim muassasalari oʻrtasida muvaffaqiyatli kooperatsiya amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sanoat, innovatsiyalar, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, chorvachilik, farmatsevtika, kommunal soha, axborot-kommunikatsiya va boshqa yoʻnalishlarda amaliy sheriklikni kengaytirish va qoʻshma loyihalarni ilgari surish muhim ekani taʼkidlandi.
Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan Belarus tomoni raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring