Shavkat Mirziyoyev umumiy tariximizni chuqur oʻrganish boʻyicha qoʻshma ishlarni kuchaytirishni taklif qildi

12:05 21 Iyul 2022 Siyosat
465 0

Foto: president.uz

Gumanitar yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev madaniyat, taʼlim, sport va turizm sohalarida hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, umumiy tariximizni chuqur oʻrganish boʻyicha qoʻshma ishlarni kuchaytirishni taklif qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Bularning barchasi, albatta, qardosh xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Markaziy Osiyo madaniyati, sanʼati va kinosi festivalini oʻz mamlakatlarimizda navbatma-navbat oʻtkazishni taklif qilaman.

Turizm sohasidagi hamkorligimizni kengaytirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratmoqchiman.

Maxsus turistik marshrutlar va mahsulotlarni ishlab chiqish, yagona PR-kampaniyalar oʻtkazish orqali mintaqalararo turizmni faol ragʻbatlantirishimiz kerak.

Shu maqsadda oʻzaro sayyohlik oqimini koʻpaytirish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash boʻyicha qoʻshma ekspertlar guruhini tashkil etishni taklif etaman.

Shu yilning may oyida Toshkentda oʻtkazilgan Markaziy Osiyo yoshlar forumining samarali natijalariga alohida toʻxtalib oʻtmoqchiman.

Biz yoshlarimizning qarash va intilishlari oʻxshash, kuchli intellektual salohiyatga ega ekaniga yana bir bor guvoh boʻldik.

Biz ularning ilgʻor tashabbuslari, ijodiy yondashuvlari va startap loyihalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda davom etishimiz kerak.

Navbatdagi uchrashuvimizga yoshlar siyosatining umumiy yoʻnalishlari boʻyicha koʻp tomonlama shartnoma tayyorlashni taklif qilaman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?