Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Birinchi Prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
30-yanvar, Toshkent shahri. Anʼanadagidek, Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga keng jamoatchilik yigʻildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar ham Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat koʻrsatdi.
El fidoyilarini unutmaslik, yaxshi ishlarini eslash va qadrlash millatning millatligini koʻrsatadigan jihat. Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat, ham fazilatdir.
Marosimda ana shunday ehtirom namoyon boʻldi. Qurʼon oyatlari oʻqilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz manfaati yoʻlidagi tarixiy ishlari, olijanob xislatlari yodga olindi.
Davlatimiz rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring