Shavkat Mirziyoyev tibbiyot tizimida qogʻozbozlik, byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish haqida gapirdi

18:16 18 May 2021 Siyosat
512 0

Ayni paytda davlatimiz rahbari boshchiligida tibbiyot sohasidagi islohotlar ijrosiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. “Xalq soʻzi” muxbirining xabar berishicha, videoselektorda Prezidentimiz tibbiyot tizimida beshta yoʻnalishda jiddiy oʻzgarishlar qilish shartligini qayd etgan.

Birinchisi – birlamchi tibbiyot boʻgʻinini kasallikni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish.

Ikkinchisi – ixtisoslashgan markazlar tomonidan joylarda tor doiradagi tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash.

Uchinchisi – raqamlashtirish orqali sohada qogʻozbozlik, byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.

Toʻrtinchisi – tibbiyotning barcha yoʻnalishlarida raqobatning rivojlanishi va xususiy sektor jadal kirib borishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

Beshinchisi – tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish.

— Bu ishlarni vazir, vazir oʻrinbosarlari, viloyat, tuman va shahar tibbiyot rahbarlarining hammasi ham aniq tushunib, ishlayaptimi, degan savolga, afsuski, hozircha javob yoʻq, — dedi davlatimiz rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?