Shavkat Mirziyoyev SHHTga aʼzo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi

11:12 29 Iyul 2022 Siyosat
379 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishining tadbirlarida ishtirok etayotgan SHHTga aʼzo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, Qozogʻiston Bosh vazirining oʻrinbosari - tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Xitoy Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I, Qirgʻiziston tashqi ishlar viziri Jeenbek Kulubayev, Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardariy, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, shuningdek, SHHT bosh kotibi Chjan Min i va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori Ruslan Mirzayev ishtirok etdi.

Koʻp tomonlama hamkorlikning ustuvor vazifalari va SHHTni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oʻzbekistonning birlashmaga raisligi davomida oʻtgan davrda birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari hamda joriy yil sentyabr oyida Samarqandda oʻtadigan sammit kun tartibiga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер