Shavkat Mirziyoyev Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi

20:08 11 Mart 2024 Siyosat
339 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Prezident Shayx Muhammad Ol Nahayonni tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sogʻlik va baxt-saodat, faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, doʻst Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Ikki mamlakat yetakchilari butun musulmon olami uchun muqaddas boʻlgan muborak Ramazon oyining boshlangani bilan ham bir-birini samimiy tabrikladilar.

Oʻzbekiston bilan BAA oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik bugungi kunda yuksak darajaga chiqqani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

2023-yil yakuniga koʻra oʻzaro savdo hajmi 20 foizga oshdi. Oʻzbekistonda Amirliklar sarmoyasi ishtirokida 300 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, qoʻshma loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshdi. Bundan tashqari, yuqori texnologiyalar, energetika, geologiya, qishloq xoʻjaligi, turizm, IT, infratuzilma, logistika va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Tomonlar amaliy hamkorlikni barcha yoʻnalishlarda faollashtirishga tayyor ekanini tasdiqladilar. Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarning kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер