Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vazirini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Rossiya delegatsiyasi Oʻzbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning beshinchi yigʻilishi doirasida mamlakatimizda boʻlib turibdi.
Uchrashuv avvalida Mixail Mishustin davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Muzokaralar davomida Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Rossiya Prezidentining joriy yil 26-28-may kunlari Oʻzbekistonga davlat tashrifi chogʻida qabul qilingan qaror va kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu maʼnoda, Qoʻshma komissiyaning kecha oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilishining samarali natijalari yuqori baholandi.
Tovar ayirboshlash surʼatini saqlab qolish, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor sohalarida hamkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash hamda jadallashtirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar koʻrish zarurligi taʼkidlandi.
Davlatimiz rahbari hududlar darajasida amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish, jadal madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish, migratsiya sohasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhim ekanini qayd etdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring