Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik bildirdi

15:57 16 Avgust 2021 Siyosat
1834 0

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning shimoliy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani, binolar va infratuzilma obyektlariga katta ziyon yetgani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari butun Turkiya xalqiga, shuningdek, halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda soʻzlarini yetkazishni soʻradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?