Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston va Togʻli Qorabogʻdagi vaziyat boʻyicha ham munosabat bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida boʻlib oʻtgan sammitidagi nutqida xalqaro va mintaqa kun tartibida turgan qator dolzarb masalalar qatori Qirgʻiziston Respublikasida siyosiy holat va Qorabogʻ masalasiga ham toʻxtalib oʻtdi.
"Hurmatli Sadir Nurxojoyevich Japarovning sammitimizda koʻrib turganimdan mamnunman, — dedi davlat rahbari. — Oʻzbekiston eng yaqin qoʻshni va strategik sherik sifatida qardosh Qirgʻiziston xalqini tinch taraqqiyot va farovonlik sari intilishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi.
Shuningdek, Togʻli Qorabogʻ mojarosi hududidagi oʻt ochish va barcha harbiy harakatlarni butunlay toʻxtatish toʻgʻrisida Rossiya Federatsiyasining faol koʻmagida erishilgan kelishuvlarni olqishlaymiz. Ushbu hududda tinch hayot va barqarorlik tez fursatda tiklanishiga umid bildiramiz".
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring