Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlatining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga tabrik yoʻlladi

14:24 18 Dekabr 2023 Siyosat
339 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlatining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga tabrik yoʻlladi.

Maktubda Oʻzbekiston va Qatar xalqlarini oʻzaro bogʻlab turuvchi tarixiy-madaniy rishtalar bugungi kunda keng koʻlamli va uzoq muddatli aloqalarimizning mustahkam poydevori boʻlib xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan taʼkidlangan.

“Oʻrtamizda qaror topgan samimiy va doʻstona munosabatlar, sermahsul muloqotlarimizning tobora faollashib borayotgani, koʻplab ustuvor sohalarda erishilgan muhim kelishuvlar natijasida soʻnggi paytlarda hamkorligimiz salohiyat va imkoniyatlarimizga mos boʻlgan yuqori darajaga koʻtarildi”, — deyiladi jumladan qutlovda.

Davlatimiz rahbari Qatar yetakchisiga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat, masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida yangi zafarlar, doʻst Qatar xalqiga esa tinchlik-omonlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер