Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi koʻp qavatli uylarni borib koʻrdi

17:25 13 Noyabr 2020 Siyosat
559 0

Qarshi shahrining Navo mahallasida 7 ta 16 qavatli uy qurilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur turar joylarni koʻzdan kechirdi.

Bu hududda jami 39 ta koʻp qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan boʻlib, besh bosqichda amalga oshiriladi.

Ayni paytda, birinchi bosqichda 3 ta turar joy qurib bitkazilgan. Bunyodkorlikda seysmologiya va arxitektura talablariga alohida eʼtibor qaratilgan. Sifatli, energiya tejovchi materiallardan foydalanilgan. Xonadonlarning har biriga alohida suv isitish moslamalari oʻrnatilgan.

Davlatimiz rahbari uylarning qurilish texnologiyasi va sifatiga eʼtibor qaratdi. Yongʻin xavfsizligini, kommunal xizmatlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalar berdi.

Hudud obodonlashtirilgan, bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Yana 4 ta koʻp qavatli uyni kelgusi yil mart oyida foydalanishga topshirish moʻljallangan.

Shuningdek, 1680 oʻrinli maktab, 2 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, poliklinika, supermarket, sport maydonlari, istirohat bogʻi va boshqa obyektlar barpo etiladi.

Bu yerda avtomobil yoʻllari qurish va taʼmirlash, Qarshi shahrida isitish, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti oʻtkazildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga safari yakunlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?