Shavkat Mirziyoyev Pokiston mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan tabriknoma yoʻlladi

17:59 14 Avgust 2022 Siyosat
783 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga ushbu mamlakat mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan tabriknomalar yoʻlladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Ularda, jumladan, Oʻzbekiston Pokiston bilan strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasini gʻoyat qadrlashi va bu boradagi ulkan salohiyatni yanada roʻyobga chiqarishdan manfaatdorligi qayd etilgan.

Davlatimiz rahbari doʻst Pokiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?