Shavkat Mirziyoyev parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini bildirdi
Yangi davrda parlament chinakam xalq uyi, uning quyi palatasi esa gʻoyalar generatoriga, sogʻlom raqobat, bahs va munozaralar maydoniga aylanishi kerakli maʼlum qilindi.
Oʻtgan saylovlarda siyosiy partiyalarning dasturi ham, gʻoyalari ham bir-biridan farq qildi, turli siyosiy mafkuralar kurashi yaqqol koʻzga tashlanib turdi. Xususan, saylovlar jarayonida koʻplab debatlar tashkil etilganini xalqimiz va xalqaro kuzatuvchilar alohida eʼtirof etdi.
Shu sababdan ham, Prezidentimiz parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi.
Buning uchun parlamentdagi muxolifatga kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish, 1 nafar qoʻmita raisi va 2 nafar qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimlarini kafolatli egallash, har chorakda “Hukumat soati” va parlament soʻrovi doirasida kamida bittadan masala kiritish kabi qoʻshimcha huquqlar berishni taklif qildi.
Saylovlardagi sogʻlom raqobat, muxolif fikrlar kurashi parlamentga koʻchib oʻtsa, bu, albatta, xalq manfaatlariga mos qonunlar ishlab chiqilishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Parlament nazorati, avvalo, siyosiy nazoratdir, uning oqibati ham siyosiy masʼuliyat bilan bogʻliqdir. Prezident Qonunchilik palatasiga Hukumat aʼzosi hisobotini eshitib, uning yakunlariga koʻra, ushbu rahbarni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisida Prezidentga taklif kiritish huquqi berilganini eslatib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring