Oksana Chusovitina “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” unvoni bilan taqdirlandi
Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev koʻp yillar davomida sport gimnastikasi bilan shugʻullanib, xalqaro miqyosda shuhrat qozongan ajoyib sportchimiz – Oksana Chusovitinaning xizmatlarini alohida hurmat bilan tilga oldi.
«Chusovitinaning ilk Olimpiadasi 1992-yilda Barselona shahrida oʻtgan. Oʻshandan buyon u Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini uzluksiz va ketma-ket sakkiz marta qoʻlga kiritdi. Bu jahon sportida haqiqatdan betakror holat boʻlib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Oksana Aleksandrovnaning navbatdagi ishtiroki Tokio Olimpiadasining muhim voqeasi sifatida eʼtirof etildi. Dunyo hamjamiyati Oksananing chiqishini katta zavq va hayajon bilan kuzatar ekan, Chusovitinaning matonatiga, oʻz ishiga boʻlgan sadoqatiga tan berdi.
Hayotini sportga, bunday yirik musobaqada muvaffaqiyatga erishishdek maqsadga bagʻishlash uchun zoʻr iroda va fidoyilik kerak, desak ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.Bunday afsonaviy sportchimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Uning mardligi, gʻalabaga boʻlgan qatʼiy intilishi yosh sportchilarimiz uchun muvaffaqiyat va shuhrat qozonishning oʻziga xos ibrat maktabi boʻlib xizmat qilmoqda», - dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari ulkan xizmatlari uchun Oksana Chusovitinaga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berilganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring