Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining toʻrtinchi maslahat uchrashuvida nutq soʻzladi

11:56 21 Iyul 2022 Siyosat
608 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining toʻrtinchi maslahat uchrashuvida nutq soʻzladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlatimiz rahbari nutqi avvalida Qirgʻiziston Prezidentiga samimiy qabul va sammitni aʼlo darajada tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi. Maslahat uchrashuvida ilk bor ishtirok etayotgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovni qutladi.

«Bugun qayta-qayta taʼkidlanganidek, ushbu formatda yoʻlga qoʻyilgan muloqot tufayli biz doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga, mintaqada mutlaqo yangi konstruktiv hamkorlik muhitini yaratishga erishdik.

Biz Markaziy Osiyoning xavfsizligi va barqarorligini, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash boʻyicha murakkab vazifalarni izchil hal etib kelmoqdamiz.

Bu yoʻlda koʻplab toʻsiqlar olib tashlandi, fuqarolarimizning erkin harakatlanishi, faol madaniy va sayyohlik almashinuvi uchun sharoitlar yaratildi.

Oʻzaro savdo va investitsiyalarning oʻsishiga xizmat qiluvchi qulay muhit shakllandi.

Birgina soʻnggi besh yilning oʻzida viloyatlararo tovar ayirboshlash hajmi ikki baravar oshdi.

Shuningdek, qoʻshma sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish, samarali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratish, transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga kirishdik.

Eng muhimi, qardosh xalqlarimiz ana shu ijobiy oʻzgarishlarning barchasini his qilyapti», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?