Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan Si Szinpinga tabrik yoʻlladi

14:35 01 Oktyabr 2022 Siyosat
1001 0

Foto: Arxiv surat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga tabrik yoʻllab, unga va doʻst Xitoy xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Maktubda dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay, Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama hamkorlik barcha yoʻnalishlarda tobora mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlangan.

Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida boʻlib oʻtgan sermahsul uchrashuvlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi darajasiga koʻtargani qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?