Shavkat Mirziyoyev Hindiston mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan tabriknoma yoʻlladi

17:45 15 Avgust 2022 Siyosat
485 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modini ushbu mamlakat mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qutlovlarda, jumladan, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Hindiston strategik sherikligi barcha ustuvor sohalarda izchil kengayib borayotgani qayd etilib, birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan hamkorligimiz kelgusida ham doʻst xalqlarimiz manfaatlari yoʻlida taraqqiy etib borishiga ishonch bildirilgan.

Davlatimiz rahbari Hindiston xalqiga tinchlik, ravnaq va farovonlik tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?