Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 2018 yil 14 iyun kuni Moskva shahriga tashrif buyuradi” deyiladi xabarda.
Oldinroq Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ertaga Moskvaning “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadigan JCH-2018 ochilish marosimida ishtirok etadigan yuqori martabali mehmonlar haqida ma’lum qilgan edi.
Unga ko‘ra, jahon chempionatining ochilish marosimiga Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Boliviya Prezidenti Evo Morales, Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Panama Prezidenti Xuan Karlos Varela, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Paragvay Prezidenti Orasio Kartes, Ruanda Prezidenti Pol Kagame, shuningdek, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Livan Bosh vaziri Saad Xariri va KXDR parlamenti raisi Kim Yon Nam ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Jahon chempionatining ochilish uchrashuvi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi va unda Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro maydonga tushadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring