Shavkat Mirziyoyev: farzandlarimiz eng yaxshi sharoitlarga munosib
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumani Qapchig‘oy mahallasidagi “Smart kids” maktabgacha ta’lim muassasasini borib ko‘rdi.
Davlat-xususiy sherikchilik asosida ishga tushirilgan ushbu bog‘cha 210 bolaga mo‘ljallangan. Kichkintoylarni har tomonlama rivojlantiradigan o‘yinchoq va inventarlar bilan jihozlangan. Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 38 ta shunday zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi ishga tushgan.
Shu yerda maktabgacha ta’lim tizimida tatbiq etilayotgan Integratsiyalashgan monitoring elektron tizimi taqdimoti o‘tkazildi. Bu tizimda mamlakatdagi har bir bolaning tug‘ilishidan to voyaga yetguncha bo‘lgan holati, sog‘ligi, rivojlanishi, o‘zlashtirishi haqida ma’lumotlar jamlanadi. Shuningdek, unda tarbiyachilar, bog‘chalar, ularga ehtiyoj to‘g‘risida ham barcha axborotlar bo‘ladi.
Bu ta’lim-tarbiya tizimining asosi, o‘ziga xos oynasi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Undagi ma’lumotlarni kuzatish, tahlil qilish orqali ta’lim-tarbiyada nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlaymiz. Bizning farzandlarimiz eng yaxshi, zamonaviy sharoitlarga munosib.
Prezidentimiz ushbu elektron tizimni ma’lumotlar bilan to‘ldirish, uni ta’limning keyingi bosqichlarida ham qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring