Shavkat Mirziyoyev Fargʻona shahridagi “Meridian” tibbiyot markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Foto: president.uz
Tibbiyotda xususiy sektorga imkoniyat berilgani raqobat va sifatni oshirishda muhim omil boʻlmoqda. Fargʻona viloyatida bunday muassasalar 720 taga yetdi. Ulardan biri Fargʻona shahridagi “Meridian” tibbiyot markazidir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
2021-yil dekabrda foydalanishga topshirilgan klinika zamonaviy tashxis va davolash xizmatlari koʻrsatib kelmoqda. Buning uchun Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoydan zamonaviy uskunalar keltirilgan. Shifoxona 120 ta statsionar oʻringa, yiliga 2 mingta jarrohlik amaliyotini oʻtkazish quvvatiga ega.
Eʼtiborlisi, oʻtgan yili tibbiyot markazi huzurida universitet ham ochildi. Hozir 600 nafar talaba oʻqimoqda, ularga chet ellik oʻqituvchilar saboq berayotir. Talabalar tibbiyot markazida amaliyot oʻtaydi.
Shu tariqa bu muassasa zamonaviy klinikalar, tashxis markazlari, laboratoriyalar va universitetni oʻzida birlashtirgan tibbiyot klasteriga aylandi.
Davlatimiz rahbari shifokorlar bilan suhbatlashdi.
— Xususiy tibbiyotga sharoit yaratganimiz oʻzini oqladi, buni aholi qabul qildi. Chunki odamlarimiz yaxshi yashashga intilyapti, oʻz sogʻligʻiga qarayapti. Aholi daromadini oshirish boʻyicha qilayotgan hamma harakatlarimiz aslida shuning uchun - xalqimizning sogʻlom va farovon yashashi uchun, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Klinikaning intervension kardiologiya, kardioxirurgiya, transplantologiya, radiologiyani yoʻlga qoʻyish borasidagi loyihalari haqida maʼlumot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring