Shavkat Mirziyoyev: «Demokratik islohotlar yoʻli – biz uchun yakkayu yagona va eng toʻgʻri yoʻldir»

Tashkent Cityʻdagi Xalqaro kongress markazida prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etmoqda.
Prezident nutqi davomida jamiyatning roli haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
“Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan yangi gʻoya, kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda.
Shuni aytish kerakki, bizda har doim bosh islohotchi — davlat boʻlib kelgan va bu siyosat darajasiga koʻtarilgan, barchasi “yuqori”dan belgilanar edi. Endi esa islohot jamiyatdagi haqiqiy holatdan kelib chiqib belgilanadi. Xalqni qiynayotgan muammolar esa OAV, ijtimoiy tarmoqlardagi kayfiyatlar, xalq qabulxonalari va boshqa “barometrlar” orqali aniqlanadi.
“Barcha deputat va senatorlarga, ularning timsolida butun Oʻzbekiston xalqiga murojaat qilib aytmoqchiman, demokratik islohotlar yoʻli – biz uchun yakka-yu yagona va eng toʻgʻri yoʻldir”, – deya gapirib oʻtdi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring