Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning yangi qiroli taxtga oʻtirishi munosabati bilan tabrik yoʻlladi

13:19 12 Sentyabr 2022 Siyosat
493 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning taxtga oʻtirishi munosabati bilan tabrik yoʻlladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Maktubda Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi oʻzaro ishonch va yuksak hurmat ruhidagi keng qamrovli sheriklik kelgusida ham izchil rivojlanishiga ishonch bildirilgan.

Davlatimiz rahbari qirolga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda gʻoyatda sharafli faoliyatida ulkan yutuqlar, doʻst Birlashgan Qirollik xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq tilagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?