Shavkat Mirziyoyev bu yildan turizm uchun pandemiyadan keyin qayta tiklanish davri boshlanganini taʼkidladi

16:47 19 Sentyabr 2022 Siyosat
445 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Davlatimiz rahbari bu yili turizm uchun pandemiyadan keyin qayta tiklanish davri boshlanganini taʼkidladi. Jumladan:

— sentyabrgacha boʻlgan davrda yurtimizga kelgan xorijiy turistlar soni 2021-yilga nisbatan 3 baravarga koʻpaydi va 3,1 million nafarni tashkil etdi;

— yil boshidan turizm eksporti hajmi 926 million dollar boʻldi (2019-yil davomida 951 million dollar boʻlgan);

— yurtimizga kelgan mehmonlarning sayohati oʻrtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablagʻi 305 dollargacha koʻpaydi (bu 2019-yilda oʻrtacha 3 kunni tashkil etib, ular 195 dollar sarflagan);

Ichki sayohat qiluvchilar soni ham oʻtgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oʻsib, 7,5 million nafarni tashkil qildi.

Turizmda topilgan daromadning 30 foizi odamlarning qoʻliga ish haqi boʻlib borishi, sanoatda va boshqa tarmoqlarda bu 10 foizdan oshmasligi koʻrsatib oʻtildi. Turizm sohasida yaratilgan bitta ish oʻrni turdosh tarmoqlarda qoʻshimcha ikkita ish oʻrni paydo boʻlishiga turtki beradi.

Buni tushungan viloyat, tuman va shahar hokimlari tadbirkorlar bilan ishlab, sayyohlar keladigan joylarni koʻpaytirayapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?