Shavkat Mirziyoyev bu hafta Saudiya Arabistoniga boradi

Foto: president.uz
Joriy yilning 17-18-avgust kunlari Shavkat Mirziyoyev Ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga boradi. Bu soʻnggi 30 yil ichida davlat rahbarining ushbu mamlakatga ilk tashrifi.
Tashrif dasturiga muvofiq Jidda shahrida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi. Ularda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Alohida eʼtibor “yashil iqtisodiyot”, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, innovatsiyalar, kichik biznes va tadbirkorlik sohalariga qaratiladi.
Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlarning katta toʻplami imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, davlat rahbari Saudiyaning yetakchi kompaniyalari, nufuzli xalqaro tuzilmalar – Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring