Shavkat Mirziyoyev: “Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor”
Yoshlarimiz ongu tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptirish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.
Farzandlarimizni zamonaviy bilim va dunyoqarash, daromadli kasb egalari etib tarbiyalash, ularni ilm-fan, IT texnologiyalar, maʼnaviyat, sanʼat va adabiyot, sport bilan oshno etish uchun hech narsani ayamasdan, bor kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi.
“Bugun faqat mana shunday ilgʻor yoshlarga, mana shunday jonkuyar ziyolilarga, Vatan ravnaqi yoʻlida birlashgan xalqqa ega boʻlgan davlatgina oʻz milliy manfaatlarini taʼminlashga erisha oladi. Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir. Maʼnaviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk boʻladi”, — dedi davlatimiz rahbari.
Ayni vaqtda jamiyatimizdagi ochiqlik va erkinlik muhitini, millatlar va dinlar oʻrtasidagi ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash, soʻz va matbuot erkinligi, vijdon erkinligini taʼminlash boʻyicha boshlangan ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring