Shavkat Mirziyoyev Andijonga boradi

14:23 14 Iyun 2021 Siyosat
504 0

Shavkat Mirziyoyev 17–18-iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan oʻtkazilayotgan brifingda maʼlum qilindi.

Shuningdek, Asadovning maʼlum qilishicha, bugun, 14-iyun kuni sogʻliqni saqlash sohasiga oid masalalar va takliflar (birinchi navbatda onkologiya va gematologiya yoʻnalishlariga oid), hamda Toshkent viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar, 15-iyun kuni oliy taʼlim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik boʻyicha videoselektor oʻtkazilishi belgilangan.

Hafta davomida davlat rahbarining Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari boʻyicha vaziri Al-Gergavi, 16-iyun kuni esa Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlari ham reja qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?