Shavkat Mirziyoyev “Aksa Enerji” kompaniyasi raisini qabul qildi

21:03 13 Dekabr 2024 Siyosat
379 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi raisi Jamil Kazanchini qabul qildi.

Ushbu kompaniya bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari, uning Oʻzbekiston energetika tarmogʻini kengaytirish va texnologik modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etish rejalari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent va Buxoro viloyatlarida umumiy quvvati 740 megavatt boʻlgan zamonaviy elektr stansiyalarini qurish loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Bugun Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 400 megavatt boʻlgan yangi elektr stansiyasini ishga tushirish marosimi boʻldi.

Ikki tomonlama “yoʻl xaritasi”ga muvofiq “yashil” energetika sohasida, jumladan, gaz taqsimlash tizimlarini modernizatsiya qilish, biogaz stansiyalarini qurish, sanoat zonalarini energiya bilan barqaror taʻminlash va boshqa istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?