Sharof Rashidov tumanida “Baxtli kelajak” nomli oilaviy bolalar uyi ochildi

Oilaviy bolalar uyiga Nigora va Shavkat Alimjonovlar oilasi asos solgan.
Davlatimiz rahbarining ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi qarori tufayli ularning bolalar shoʻx kulgisini tinglashdek azaliy orzulari amalga oshdi.
Mehribonlik uyidan ular 5 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan 3 nafar qiz va 2 nafar oʻgʻil farzandlarni asrab olishdi. Mazkur uy “Baxtli kelajak” deb nomlandi.
Shuningdek, tumanning boshqa mahallasida yana bitta oilaviy bolalar uyi ochildi. Uni tadbirkor Sharofat va Xolmurod Yariyevlar oilasi tashkil etdi.
Ular uchta oʻgʻil va uchta qizni tarbiyalashga kirishdi. Bolalarning eng kichigi yaqinda 12 yoshga toʻlgan boʻlsa, eng kattasi boʻlsa 3-yanvar kuni 17 yoshga toʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring