“Sharh al-Aqoid an-Nasafiy” asarining akademik ilmiy-izohli tarjimasi hamda android va multimedia dasturlari yaratiladi

10:43 12 Oktyabr 2021 Madaniyat
489 0

“Sharh al-Aqoid an-Nasafiy” asarining akademik ilmiy-izohli tarjimasi hamda uning android va multimedia dasturlari yaratiladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi hayʼatining navbatdagi yigʻilishida aytib oʻtildi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov raislik qilgan ushbu majlisda yana bir qator amaliy va startap loyihalar koʻrib chiqildi.

Ular ilmiy asoslangani, kelgusida amaliy natija olish mumkinligi kabi parametrlarga javob bergan uch yillik 3 ta amaliy loyiha hamda bajarilishi bir yilga moʻljallangan 1 startap loyihaning moliyalashtirilishi tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?