Shaxmat: Javohir Sindarov Oʻzbekiston chempioni, endi u Jahon kubogida ishtirok etadi

07:50 30 Aprel 2021 Sport
1491 0

Shu yilning 16-29-aprel kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati Oliy liga musobaqalari boʻlib oʻtdi. Ikki hafta davomida 13 nafar mahoratli shaxmatchi mamlakat chempionligini qoʻlga kiritish uchun dona surishdi.

Musobaqa ishtirokchilarining 7 nafari xalqaro grossmeyster, toʻrttasi FIDE ustasi, bir nafari xalqaro toifadagi shaxmat ustasi ekanining oʻziyoq mamlakat chempionatining nufuzi ancha yuqori ekanligini koʻrsatib turibdi. Qolaversa, musobaqa gʻolibi FIDE Jahon kubogida qatnashish huquqini qoʻlga kiritishi ham musobaqaga boʻlgan qiziqishni oshirib yubordi.

Bahslar shveysarcha tartibda oʻtkazildi. Chempionatning mukofot jamgʻarmasi 60 million soʻmni tashkil etib, ushbu summa dastlabki 8ta oʻrindan joy olgan shaxmatchilar oʻrtasida taqsimlandi.

Chempionatni koʻtarinki ruhda oʻtkazgan Javohir Sindarov 9 ochko bilan 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinlarni 8,5 ochkodan jamgʻargan Jahongir Vohidov hamda Nodirbek Abdusattorovlar band etishdi. Faqat, qoʻshimcha koeffitsiyentlarga koʻra Vohidov 2-oʻrinni egalladi. 8 ochko jamgʻargan Nodirbek Yoqubboyev esa kuchlilar kvartetini yakunlab berdi.

Oʻzbekiston chempionati yakunida 1-8-oʻrinlarni band etgan shaxmatchilar medal, diplom hamda 2 500 000 soʻmdan boshlab 20 000 000 soʻmgacha boʻlgan miqdordagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanishdi.

Shaxmat. Erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati.

Oliy liga, yakuniy oʻrinlar:

1. Sindarov Javohir – 9 ochko (20 000 000 soʻm),

2. Vohidov Jahongir – 8,5 ochko (12 000 000 soʻm),

3. Abdusattorov Nodirbek – 8,5 ochko (8 000 000 soʻm),

4. Yoqubboyev Nodirbek – 8 ochko (5 500 000 soʻm),

5. Vohidov Shamsiddin – 8 ochko (5 500 000 soʻm),

6. Jumayev Marat – 7,5 ochko (4 000 000 soʻm),

7. Saydaliyev Saidakbar – 6,5 ochko (2 500 000 soʻm),

8. Abdisalimov Abdimalik – 6 ochko (2 500 000 soʻm),

9. Abdurahmonov Muhammadali – 4 ochko,

10. Bekmurodov Xumoyun – 3,5 ochko,

11. Madaminov Muhiddin – 3 ochko,

12. Shermuhammadov Samandar – 3 ochko,

13. Raxmatullayev Olmos – 2,5 ochko.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?