Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Quddusda oʻtkazilayotgan jahon chempionatining finaliga yoʻl oldi

Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Misrning Quddus shahrida boʻlib oʻtayotgan Shaxmat boʻyicha FIDE jahon chempionati finaliga yoʻl oldi.
Oʻzbekiston shaxmatchilari yarim final bahsida turnirning eng kuchli jamoalaridan biri - Hindiston vakillarini ikki raundga koʻra 2:2 va 2,5:1,5 hisobida magʻlub etishdi.
Jahon chempionatida Oʻzbekiston milliy jamoasi sharafini Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov, Abdimalik Abdisalimov va Ortiq Nigmatov himoya qilishmoqda. Jamoa sardori va murabbiyi — niderlandiyalik Ivan Sokolov.
Oʻzbekistonlik shaxmatchilar finalga qadar guruhda AQSH (2,5-1.5), Isroil (2,5-1,5) va Hindistonni (3,5-0,5) magʻlub etib, Polsha (2:2) bilan durang natijaga erishishdi, faqat Ozarbayjonga (1,5-2,5) yutqazishdi.
Kecha boʻlib oʻtgan chorak finalda Ukrainani 2 ta raund (3:1 va 2,5:1,5) yakuniga koʻra taslim etishdi.
Bugun jahon chempionligi uchun kechadigan bahsda Oʻzbekiston shaxmatchilari Xitoy terma jamoasiga qarshi dona suradilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring