Shayxontohurda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini noqonuniy sotilishining oldi olindi

20:12 18 Sentyabr 2021 Jamiyat
841 0

 

Shayxontohur tumanida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar D.V., S.X. va I.J.lar, kuchli taʼsir qiluvchi 100 dona “Regapen” nomli dori vositasini 2,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ulardan jami 112 dona “Regapen” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan DBQ va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro L.A. hech qanday hujjatlari boʻlmagan tibbiy buyumlar turkumiga kiruvchi jami 20 000 dona rentgen plyonkalarini xaridorga 14 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?