Shahrisabzlik erkak avtomobilida oʻziga qoʻshib 3 nafar farzandi va turmush oʻrtogʻini yoqib yubordi. Oilaning 5 nafar aʼzosi ham vafot etdi

Illyustrativ foto
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashovchi erkak shaxsiy avtomobilida oʻziga qoʻshib uch nafar farzandi va turmush oʻrtogʻini yoqib yubordi. Oilaning barcha aʼzosi kuyish oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea 2020-yilning 30-iyul kuni tungi 22:00 da Shahrisabz tumanida sodir boʻlgan.
Ushbu xabarni tasdiqlagan Shahrisabz shahar IIB boshligʻi Shuhrat Choriyev oila shaharning “Guliston” mahallasida yashaganligini tasdiqladi.
“Ammo voqea Shahrisabz tumanida sodir boʻlgani uchun, ishni tuman IIB va prokuraturasi oʻrganmoqda”, — dedi Shuhrat Choriyev.
“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Shahrisabz tuman IIB boshligʻi Olim Tojiyevning maʼlumot berishicha, oila boshligʻi shaxsiy avtomobilida ketayotgan paytda turmush oʻrtogʻi bilan tortishib qoladi va avtomobil eshiklarini yopib, uch nafar farzandi, turmush oʻrtogʻi va oʻziga benzin sepib, yoqib yuboradi.
“Oila boshligʻi N.S. xotini bilan tortishib qolib, oʻzi va turmush oʻrtogʻini hamda uch nafar farzandini yoqib yuborgan. Butun boshli oilaga oila boshligʻining oʻzi oʻt qoʻyganini shifoxonaga olib kelingan oʻgʻli hushiga kelganda aytib berdi. Oila azaldan notinch boʻlgan ekan. Bu haqda shahar IIB dan maʼlumot olsangiz boʻladi”, — dedi Olim Tojiyev.
“Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Husan Omonovning maʼlumot berishicha, oila haqiqatan ham notinch oila sifatida roʻyxatda turgan.
Olim Tojiyevning qoʻshimcha qilishicha, mazkur holat boʻyicha Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, ayni kunda tergov-surishtiruv ishlari ketmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring