Shahrisabzda yangi institut tashkil etildi

23:47 05 Sentyabr 2022 Jamiyat
864 0

Foto: Xalq so‘zi

Prezidentimizning 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni asosida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti tashkil etildi.

— Farmonga binoan yangi tashkil etilgan Shahrisabz davlat pedagogika institutining 2023-2026-yillarda rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari belgilangan, — deydi institutning tillar fakulteti dekani Ahadxon Muhammadiyev. — Unga koʻra, chet tili fanidan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega professor-oʻqituvchi va talabalar ulushini oshirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, professor oʻqituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish boʻyicha samarali faoliyat olib boramiz.

5-sentyabr kuni oliy taʼlim muassasasida 2022-2023 oʻquv yili boshlanishiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi va unda oʻqituvchilar talabalarni mustaqilligimizning 31 yilligi va yangi oʻquv yili bilan samimiy tabrikladilar. Dastlabki saboqlar “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi. .

Eslatib oʻtamiz: institutda 1429 nafar talaba tahsil olayotgan boʻlsa, ularning 962 nafari kunduzgi bakalavr va 460 nafari sirtqi taʼlim yoʻnalishida oʻqishmoqda.

Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер