Shaharsozlik normalaridan qurilish ishlarini baholash bilan bogʻliq boʻlgan 147 ta norma chiqarib tashlanadi

18:33 06 Iyul 2022 Siyosat
494 0

Davlatimiz rahbari raisligida oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish tizimi toʻliq oʻzgarishi taʼkidlandi. 

Endilikda:

— xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan loyihalarga Texnik kengash xulosasini olish tartibi bekor qilinadi;

— xalqaro standartlar asosida xorijda ekspertizadan oʻtkazilgan loyihalar toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi; 

— shaharsozlik normalari va qoidalari kamida 2 baravarga qisqaradi hamda xalqaro meʼyorlarga moslashtiriladi;

— shaharsozlik normalari va qoidalari har 3-4 yilda yangilanadi (amalda 7-8 yil).

Qurilishda tovarlar va xizmatlar narxlarini shakllantirish tizimi ham tartibga solinmagani koʻrsatib oʻtildi.

Shu bois, investitsiya dasturi doirasida aynan bir xil obyekt uchun qurilish qiymati turlicha belgilanmoqda. Yoki, qurilishda ishlarni baholashga boʻlgan yagona yondashuv yoʻq. Buning oqibatida, talon-torojlik va korrupsiya uchun sharoit yaratilmoqda.

Masalan, temir-beton ishlari uchun 6 xil hisob-kitob usuli mavjud boʻlib, narxdagi tafovut ham shunchaga farq qiladi.

Endilikda:

— shaharsozlik normalaridan qurilish ishlarini baholash bilan bogʻliq boʻlgan 147 ta norma chiqarib tashlanadi;

— “Qurilish resurslari klassifikatori” platformasi ishga tushirilib, 100 mingdan ziyod qurilish materiallari va xizmatlarining bozor narxi shakllantiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?