Shahar hokimiga xorijdagi yirik shaharlarning sanoat, infratuzilma, tadbirkorlik, kommunal sohalaridagi ijobiy tajribasini Toshkentda joriy qilish topshirildi

14:14 03 Aprel 2024 Siyosat
196 0

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Yigʻilishda Yunusobodda oʻtkazilgan bir hafta oʻrganish davomida 600 million dollar investitsiya jalb qilish, 35 mingta yuqori daromadli ish oʻrni yaratish uchun imkoniyatlar aniqlangani qayd etildi.

Ushbu salohiyatni roʻyobga chiqarish uchun iqtisodiy kompleks rahbariyatiga yangi yondashuv asosida aniq loyihalarni ishlab chiqish va joylashtirish vazifasi qoʻyildi.

Shahar hokimiga xorijdagi yirik shaharlarning sanoat, infratuzilma, tadbirkorlik, kommunal sohalaridagi ijobiy tajribasini Toshkentda joriy qilish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?