Shaftoli eksporti 20 ming tonnaga oshgan

12:56 22 Sentyabr 2022 Jamiyat
220 0

Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 66,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 74,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan.

Shaftoli eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 20 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp shaftoli eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 62,9 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 6,1 ming tonna;

Qozogʻiston – 4,5 ming tonna;

Turkmaniston – 471 tonna;

Belarus – 261 tonna.

2022-yilning 8 oyida xorijga eng koʻp shaftoli eksport qilgan hududlar:

— Fargʻona viloyati – 42,2 ming tonna;

— Samarqand viloyati – 6,2 ming tonna;

— Toshkent viloyati – 6 ming tonna;

— Xorazm viloyati – 5,3 ming tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?