Sevgi va nafratning orasi bir qadam

Shu yilning 31-may kuni 40 yoshli erkak Sh.V. Navoiy viloyati IIB boshligʻining nomiga ariza bilan murojaat qilib, tanish ayoli sharmanda qilish yoʻli bilan qoʻrqitib 1 million soʻm pul talab qilayotganligini maʼlum qildi.
Aniqlanishiga koʻra, Sh.V. 34 yoshli ushbu ayol bilan 2022-yil avgust oyidan buyon yaqin munosabatda boʻlib kelgan. “Munosabat”lar sovugach, ayol oʻrtadagi sirlar saqlanishi va yaqinliklar oshkor boʻlmasligi hamda SMS va “Telegram” orqali yozishmalar hamda boshqa maʼlumotlar yaqin qarindoshlarga yetkazilmasligi evaziga shu kunga qadar Sh.V dan 4,5 million soʻm pul olgan.
Sh.V. oʻz arizasida ayolga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Ariza asosida Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu ayol Navoiy shahridagi “Fauna” kafesining orqa tomonida ariza muallifidan 1 mln soʻm pulni olgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy raqs sanʼatining yuksak namunasi boʻlmish “Lazgi — Muhabbat va Qalb raqsi” balet spektakli dunyo sahnalarini zabt etishda davom etmoqda
- “United Airlines“ aviakompaniyasi dasturiy taʼminotdagi nosozlik tufayli parvozlarni toʻxtatgani aytilmoqda
- Namangan xalqaro nodavlat universitetining litsenziyasi bekor qilindi
- Xorijiy tilni С1 darajada biladigan oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustama toʻlanadi
- Uzbekistan Airways va Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi
- Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring